Telegram botlar va Mini Apps
O‘zbekistonda eng ommabop bo‘lgan Telegram messenjeri ichida mijozlardan buyurtma va to‘lovlarni 24/7 avtomatlashtirilgan tarzda qabul qiling.
Nega Telegram guruhlarda buyurtma olish noqulay?
Menejerlar doimiy yozishmalarda arizalarni unutilishi, narx va rasm so‘ragan mijozlarga kechikib javob berishi natijasida mijozlar yo‘qotiladi.
Telegram bot va Mini App qanday hal qiladi?
Mijoz xuddi veb-saytdek qulay interfeysda tovarlarni tanlaydi, bitta tugmada Click/Payme orqali to‘laydi va buyurtma avtomatik sizning CRM tizimingizga tushadi.
Sizga taqdim etiladigan imkoniyatlar
Amalda ishlayotgan mahsulot: QORGON-DOSTAVKA
Qo‘rg‘on Dostavka — Telegram do‘kon va yetkazib berish
Muammo: Do‘konlar telefon orqali buyurtma olishda qiynalar, kuryer topish va yetkazish uzoq vaqt olardi.
Yechim: Xaridor Telegram ichida tovar tanlaydi, do‘kon bitta tugma bilan kuryer chaqiradi va mahsulot eshikkacha yetkaziladi.
Ushbu xizmat bo‘yicha muhim savollar
Telegram bot bilan Mini App orasida qanday farq bor?
Oddiy botda mijoz matnli tugmalar bilan muloqot qiladi. Telegram Mini App esa Telegram ichida ochiladigan, to‘liq veb-saytdek chiroyli, qulay va tez ishlovchi interaktiv do‘kondir.
Click va Payme to‘lovlarini ulash mumkinmi?
Ha. Mijoz Telegram ichidan chiqmasdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri plastik karta orqali to‘lov qilishi mumkin.
Biznesingiz uchun qanday yechim kerak?
G‘oyangizni muhokama qilamiz va sizga mos raqamli yechimni topamiz.